STEPOGRAM MAXFIYLIK SIYOSATI

Yangi tahrir: e’lon qilingan sana: 18.05.2025, kuchga kirish sanasi: 19.05.2025

  • 1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
  • 1.1. Ushbu Maxfiylik siyosatida, agar matndan boshqacha ma’no anglashilmasa, quyidagi atamalar quyidagi ma’nolarga ega bo‘ladi:
  •    *Operator – Yakka tartibdagi tadbirkor "KAMILOV DJAXONGIR ULUGBEKOVICH", guvohnoma №5866529 sana 22.02.2024da berilgan.
  •    *Ilova – Android / iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan Stepogram mobil ilovasi va unga bog‘liq xizmatlar.
  •    *Foydalanuvchi – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘liq huquqiy va harakatga layoqatli jismoniy shaxs, ushbu Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilgan, Ilovada ro‘yxatdan o‘tgan va uni shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanayotgan shaxs.
  •    *Shaxsiy ma’lumotlar – Foydalanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aloqador bo‘lgan har qanday axborot bo‘lib, Foydalanuvchi uni ro‘yxatdan o‘tish (akkaunt yaratish) vaqtida yoki Ilovadan foydalanish jarayonida mustaqil ravishda taqdim etadi. Bunga Foydalanuvchining boshqa xizmatlar (masalan, HealthConnect, HealthKit) orqali Operatorga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlari yoki Ilovadan foydalanish natijasida shakllangan ma’lumotlar (masalan, faollik ma’lumotlari, joylashuv ma’lumotlari, QR-kodlarni skanerlash ma’lumotlari, Kuponlar va Sovrinlarni olish ma’lumotlari) kiradi.
  •    *Siyosat – Ushbu Maxfiylik Siyosati.
  •    *Kelishuv – Foydalanuvchi Kelishuvi (STEPOGRAM ilovasidan foydalanish shartlari va bonus dasturlarida ishtirok etish qoidalari), Ilovada va/yo stepogram.com/termsofuse veb-saytida mavjud.
  •    *Fitnes-tangalar (bonus ballar), Kupon, Mahsulot/Xizmat/Sovrin, Hamkor – Foydalanuvchi Kelishuvida belgilangan atamalar.
  •    *Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash – Shaxsiy ma’lumotlar bilan avtomatlashtirilgan vositalar yordamida yoki bunday vositalarsiz amalga oshiriladigan har qanday harakat (amaliyot) yoki harakatlar (amaliyotlar) majmuasi, jumladan: yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, ruxsat berish), shaxsiylashtirishdan chiqarish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish.
  • 2. UMUMIY QOIDALAR
  • 2.1. Foydalanuvchining Ilovadan foydalanishi ushbu Maxfiylik Siyosati va Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlariga roziligini bildiradi.
  • 2.2. Agar Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlariga rozi bo‘lmasa, Ilovadan foydalanishni to‘xtatishi kerak.
  • 2.3. Ushbu Siyosat faqat Ilovaga nisbatan qo‘llaniladi; Operator foydalanuvchi Ilova yoki veb-saytda mavjud havolalar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomon ilovalari va saytlarini nazorat qilmaydi hamda ular uchun javobgar emas.
  • 2.4. Operator Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirmaydi.
  • 3. MAXFIYLIK SIYOSATINING PREDMETI
  • 3.1. Ushbu Siyosat, Foydalanuvchi tomonidan Ilovada ro‘yxatdan o‘tishda va undan keyingi foydalanish davomida Operator so‘roviga binoan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini oshkor qilmaslik va ularni himoya qilish tartibini ta’minlash bo‘yicha Operatorning majburiyatlarini belgilaydi.
  • 3.2. Operator ushbu Siyosatda belgilangan maqsadlarda Foydalanuvchiga oid Shaxsiy ma’lumotlar, texnik va boshqa ma’lumotlarni yig‘adi, ularga kirish huquqiga ega bo‘ladi va foydalanadi, bu ma’lumotlar Ilovadan foydalanish jarayonida uzatiladi.
  • 3.3. Operator Shaxsiy ma’lumotlar, texnik va boshqa Foydalanuvchiga oid ma’lumotlarni faqat ularni Foydalanuvchining o‘zi mustaqil taqdim etganida yoki ochiq roziligi bilan, yoxud ularning uzatilishi Ilova va Kelishuv funksionalligi bilan nazarda tutilgan hollardagina qayta ishlaydi.
  • 3.4. Operator quyidagi (lekin faqat ular bilan cheklanmagan) ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin:
  •    *Ro‘yxatdan o‘tish va Akkountdan foydalanishda taqdim etilgan ma’lumotlar: F.I.Sh. (yoki ism/nickname), elektron pochta manzili, jins (agar talab qilinsa), telefon raqami (agar talab qilinsa), tug‘ilgan sana (agar talab qilinsa), parol (agar talab qilinsa, shifrlangan shaklda).
  •    *Faollik va sog‘liq bo‘yicha ma’lumotlar (Foydalanuvchining roziligi asosida – Ilova, HealthConnect/HealthKit yoki shunga o‘xshash platformalar orqali): qadamlari soni, bosib o‘tilgan masofa, yoqilgan kaloriyalar, mashg‘ulotlar bo‘yicha ma’lumotlar va boshqa jismoniy faollik haqidagi ma’lumotlar. Operator faqat Ilovaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan turdagi ma’lumotlarga kirish so‘raydi (masalan, Fitnes-tangalarni hisoblash uchun qadamlarga).
  •    *Joylashuv ma’lumotlari (Foydalanuvchining ruxsati bilan): GPS ma’lumotlari — marshrutlarni ko‘rsatish, xaritada obyektlarni qidirish (masalan, xazinalar, monsterlar, boshqa o‘yinchilar, Hamkorlarning joylashuvi) va faollikni tasdiqlash yoki QR-kodlarni maxsus lokatsiyalarda skanerlash uchun (agar bu qo‘llanilsa). Foydalanuvchi joylashuvga kirish ruxsatini qurilmasi sozlamalarida boshqarishi mumkin.
  •    *QR-kodlarni skanerlash ma’lumotlari: Skanelangan fiskal QR-kodlarda joylashgan axborot (xarid, sotuvchi, vaqt, summa haqida ma’lumotlar bo‘lishi mumkin), skanerlash vaqti va joylashuvi (agar joylashuvga ruxsat berilgan bo‘lsa). Agar Foydalanuvchi chek suratlarini yuklasa – shu suratlar.
  •    *Sodiqlik dasturidan foydalanish ma’lumotlari: Jamg‘arilgan va sarflangan Fitnes-tangalar (bonus ballar) haqidagi ma’lumotlar, Lotereyalarda ishtirok (stavkalar, natijalar), olingan Kuponlar va Mahsulotlar/Sovrinlar.
  •    *Texnik ma’lumotlar: IP-manzil, qurilma haqidagi ma’lumot (model, operatsion tizim, qurilmaning noyob identifikatorlari), nosozliklar haqidagi ma’lumot, Ilovadan foydalanish (ko‘rilgan sahifalar, sessiya vaqtlari) haqida axborot.
  •    *Aloqa ma’lumotlari: Foydalanuvchi texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganida taqdim etgan ma’lumotlar (info@stepogram.com va Telegram’dagi @StepogramAdmin orqali).
  • 4. FOYDALANUVCHI MA’LUMOTLARINI YIĞISH VA QAYTA ISHLASH MAQSADLARI
  • 4.1. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan va Operator tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
  •    *Operator tomonidan Foydalanuvchi oldidagi Kelishuv doirasidagi majburiyatlarni bajarish, shu jumлада Ilovaning funksiyalariga kirish imkoniyatini ta’minlash;
  •    *Ilovaning asosiy funksiyalarining ishlashini ta’minlash: qadamlarni kuzatish, Fitnes-tangalarni (bonus ballarni) hisoblash va hisobga yozish, QR-kodlarni skanerlash, sodiqlik dasturining ishlashi (Kuponlar, "Hozir olish", Lotereya, Mahsulotlar/Sovrinlar taqdimoti);
  •    *Foydalanuvchini Ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qilish;
  •    *Foydalanuvchi bilan aloqa o‘rnatish va уни qo‘llab-quvvatlash, Ilova ishlashi, Kelishuv yoki Siyosatdagi o‘zgarishlar, Kupon/Sovrin holati haqida axborot xabarlari, hamda yangi funksiyalar, aksiyalar va Hamkorlarning takliflari haqida marketing xabarlari yuborish (agar Foydalanuvchi bunga rozilik bergan bo‘lsa).
  •    *Ilovada dolzarb (relevant) kontentni aks ettirish (marshrutlar, xaritadagi obyektlar, boshqa foydalanuvchilar, mavjud Kuponlar);
  •    *Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yangi funksiyalarni ishlab chiqish va Ilovani takomillashtirish;
  •    *Firibgarlik, Kelishuv buzilishi va tizimdan suiiste’mol holatlarini aniqlash va oldini olish (faollik, QR-kodlarni skanerlash, Fitnes-tangalar va Kuponlar bilan bog‘liq operatsiyalarni verifikatsiya qilish);
  •    *Ilovadan foydalanishni tahlil qilish va xizmatni yaxshilash maqsadida shaxsiylashtirilmagan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish;
  •    *Ilova va Foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash;
  •    *Amaldagi qonunchilik talablari va vakolatli davlat organlari so‘rovlarini bajarish.
  • ·5. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH VA FOYDALANUVCHINING ROZILIGI
  • 5.1. Ilovadan foydalangan holda hamda Kelishuv va ushbu Siyosat shartlarini qabul qilgan holda, Foydalanuvchi Operatorga o‘zining Shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga, ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan shartlar asosida va 4-bo‘limda ko‘rsatilgan maqsadlarda ongli va xabardor holda rozilik bildiradi.
  • 5.2. Ushbu rozilik 3-bo‘limda ko‘rsatilgan barcha Shaxsiy ma’lumotlarga va belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi qayta ishlash jarayonlariga taalluqlidir.
  • 5.3. Foydalanuvchi tushunadi va rozi bo‘ladiki, Ilovaning ayrim funksiyalari (masalan, qadamlar uchun tanga berish, xaritada ko‘rsatish) ishlashi uchun muayyan ma’lumotlarga (faollik va joylashuv ma’lumotlari) kirish zarur. Ushbu ma’lumotlarga ruxsat berilmasligi yoki rozilikning bekor qilinishi ushbu funksiyalardan foydalanish imkonini cheklashi mumkin.
  • 5.4. Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash muddatsiz amalga oshiriladi, bu jarayon amaldagi qonunchilik, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchiligi, shu jumladan avtomatlashtirilgan yoki bunday vositalarsiz amalga oshiriladigan shaxsiy ma’lumotlar axborot tizimlari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • 5.5. Foydalanuvchi ushbu ma’lumotlardan Ilovaning funksiyalaridan foydalanish maqsadida foydalanish shartlarida, Operator shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazishi mumkinligini qabul qiladi.
  • 5.6. Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlariga faqat qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibda taqdim etilishi mumkin.
  • 5.7. Foydalanuvchi istalgan vaqtda taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarini to‘ldirishi, yangilashi, o‘zgartirishi yoki ularni qayta ishlash uchun roziligini bekor qilishi mumkin. Buning uchun Foydalanuvchi ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan Operator'ning elektron pochta manziliga tegishli xabar yuborishi kifoya.
  • 6. AXBOROTNI HIMOYA QILISH CHORALARI VA OPERATOR KAFOLATLARI
  • 6.1. Operator Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, to‘sib qo‘yish, nusxalash, tarqatish, shuningdek, ular bilan uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish uchun zarur va yetarli huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.
  • 6.2. Xavfsizlik choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:
  • - Himoyalangan ma’lumotlarni uzatish protokollaridan (HTTPS) foydalanish.
  • - Parollarni shifrlangan (xeshlangan) ko‘rinishda saqlash.
  • - Ma’lumotlarni muntazam ravishda zaxiralash.
  • - Zararli dasturiy ta’minot va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish choralarini qo‘llash.
  • 6.3. Operator Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga berilmasligini va oshkor etilmasligini kafolatlaydi, mazkur Siyosat va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
  • 6.4. Operator Foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni alohida sotmaydi va uzatmaydi, mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
  • 7. AXBOROTNI UCHINCHI SHAXSLARGA BERISH
  • 7.1. Mazkur siyosatni qabul qilish orqali Foydalanuvchi o‘z roziligini aniq va so‘zsiz bildiradi, Operator esa Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga quyidagi hollarda uzatish huquqiga ega:
  • * Foydalanuvchi tomonidan Ilovaning muayyan funksiyalaridan foydalanish yoki Kelishuvni bajarish uchun (masalan, Kupon bo‘yicha Mahsulot/Xizmat/Mukofotni olishni tekshirish uchun ma’lumotlarni hamkorga yuborish, email xabarlari yoki push-bildirishnomalar, tahlil, hosting yuborish uchun tashqi xizmatlardan foydalanish). Bunday uchinchi tomonlar ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligiga rioya qilishlari shart.
  • * egasizlantirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish uchun.
  • * Foydalanuvchi Kelishuv yoki mazkur Siyosatni buzgan yoki bunday buzilish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda Operator yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun.
  • 7.2. Foydalanuvchining roziligisiz Shaxsiy ma’lumotlar faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
  • 8. FOYDALANUVCHI VA OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
  • 8.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • - Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda o‘zining Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni olish.
  • - Operatordan shaxsiy ma’lumotlarga aniqlik kiritishni, agar shaxsiy ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noaniq, noqonuniy olingan yoki da’vo qilingan qayta ishlash maqsadi uchun zarur bo‘lmasa, ularni blokirovka qilish yoki yo‘q qilishni talab qilish.
  • - Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligingizni bekor qilish. Rozilikni bekor qilish. uni bekor qilishdan oldin amalga oshirilgan ishlov berishning qonuniyligiga ta’sir qilmaydi. Rozilik chaqirib olingan taqdirda, Operator qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, Foydalanuvchining roziligisiz Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni davom ettirishga haqli. Rozilikni bekor qilish Ilovaning ayrim yoki barcha funksiyalaridan foydalana olmaslikka olib kelishi mumkin.
  • - Ilova funksiyasi orqali yoki Operatorga so‘rov yuborish orqali hisobingiz va unga tegishli Shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirib tashlash.
  • - Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
  • 8.2. Foydalanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun operatorga info@stepogram.com manzili orqali murojaat qilishi mumkin. So‘rov Foydalanuvchini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlarni va talabning mohiyatini o‘z ichiga olishi kerak.
  • 8.3. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
  • - Ilovadan foydalanish uchun talab qilinadigan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish
  • - Shaxsga doir ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, taqdim etilgan ma’lumotlarni yangilash, to‘ldirish.
  • 8.4. Operator quyidagi huquqlarga ega:
  • - Foydalanuvchining roziligisiz mazkur Siyosatning 12-bo‘limida belgilangan tartibda mazkur Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish.
  • - mazkur Siyosat qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lish.
  • 8.5. Operator quyidagilarga majbur:
  • - Olingan ma’lumotlardan faqat mazkur Siyosatning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish.
  • - Maxfiy ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlash, Foydalanuvchining oldindan yozma ruxsatisiz oshkor qilmaslik, mazkur Siyosatda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
  • - Mavjud biznes aylanmasida bunday turdagi ma’lumotlarni himoya qilish uchun odatda qo‘llaniladigan tartibga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish.
  • - Noto‘g‘ri shaxsiy ma’lumotlar yoki noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, tekshiruv davrida tegishli Foydalanuvchiga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili yoxud shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan murojaat qilingan yoki so‘ralgan paytdan boshlab blokirovka qilish.
  • 9. MA’LUMOTLARNI SAQLASH
  • 9.1. Operator Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ular to‘plangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha (4-bo‘lim) yoki agar qonunchilik tomonidan uzoqroq saqlash muddati talab qilinmasa yoki ruxsat etilmasa (masalan, qonuniy majburiyatlarga rioya qilish, nizolarni hal qilish, firibgarlikning oldini olish uchun) Foydalanuvchi yoki Operator tomonidan Hisob o‘chirilgunga qadar saqlaydi.
  • 9.2. Cheklarning fotosuratlari va ularga tegishli ma’lumotlar tekshirish, firibgarlikning oldini olish va xizmatni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan muddat davomida, lekin ko‘rsatilgan maqsadlar uchun zarur bo‘lganidan uzoq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi mumkin.
  • 9.3. Saqlash muddati tugagach yoki qayta ishlash maqsadlariga erishilganda Shaxsiy ma’lumotlar yo‘q qilinishi yoki egasizlantirilishi lozim.
  • 10. JAVOBGARLIK
  • 10.1. Agar Operator tomonidan oqilona xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lsa, Operator Foydalanuvchilarning o‘yin aktivlarini (jumladan, Fitnes tangalari (bonus ballari, Kuponlar) yo‘qotishi uchun dasturiy ta’minotdagi nosozliklar, xatolar yoki xakerlik hujumlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
  • 10.2. Maxfiy axborot yo‘qolgan yoki oshkor bo‘lgan taqdirda, agar mazkur maxfiy axborot:
  • - Yo‘qolishidan yoki oshkor bo‘lishidan oldin ommaga oshkor bo‘lgan.
  • - Operator tomonidan olinishidan oldin uchinchi tomondan olingan.
  • - Foydalanuvchining roziligi bilan oshkor qilindi.
  • 10.3. Foydalanuvchi ishonchli ma’lumotlarni taqdim etgani va maxfiylik choralariga rioya qilmaslik oqibatida o‘z hisobiga ruxsatsiz kirgani uchun javobgar bo‘ladi.
  •  
  •  
  • 11. NIZOLARNI HAL ETISH
  • 11.1. Ilova Foydalanuvchisi va Operator o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha sudga da’vo bilan murojaat qilishdan oldin da’vo (nizoni ixtiyoriy hal qilish to‘g‘risidagi yozma taklif) taqdim etilishi shart.
  • 11.2. Da’voni oluvchi da’vo olingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida da’vo arizasi bergan shaxsni da’voni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
  • 11.3. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqish uchun sud organiga o‘tkaziladi.
  • 11.4. Mazkur Siyosatga hamda Foydalanuvchi va Operator o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qo‘llaniladi.
  • 12. MAXFIYLIK SIYOSATIDAGI O‘ZGARISHLAR
  • 12.1. Operator mazkur Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • 12.2. Siyosatning yangi tahriri, agar Siyosatning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Ilovada va/yoki Operator veb-saytida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi Siyosatdagi o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish majburiyatini oladi.
  • 12.3. Siyosatning yangi tahriri e’lon qilinganidan keyin Ilovadan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchi tomonidan Siyosat va uning shartlari qabul qilinganligini anglatadi.
  • 12.4. Maxfiylik siyosati shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Ilovadan foydalanishni to‘xtatishi kerak.
  • 13. ZIDDIYATLARNI BARTARAF ETISH
  • 13.1. Agar Operator va Foydalanuvchi o‘rtasidagi kelishuvda shaxsiy ma’lumotlar va/yoki shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish qoidalari mavjud bo‘lsa, mazkur Siyosat va bunday Kelishuvning Siyosatga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi. Agar ziddiyatlar yuzaga kelsa, mazkur Siyosat qoidalari ustuvor hisoblanadi.
  • 14. BOG‘LANISH AXBOROTI
  • Mazkur Maxfiylik siyosati bilan bog‘liq barcha savollar yuzasidan Kelishuvda keltirilgan aloqa ma’lumotlari yoki info@stepogram.com manzili orqali murojaat qiling.
  •